19 noy 13:46
Yangiliklar
Tayson Fyuri: "Men endi faoliyatimni yakunlay olmayman"
"O'ylashimcha, hozir faoliyatimni yakunlay olmayman. CHunki men Joshua bilan jang qilishim kerak. Biz yillar davomida ushbu jangni tashkil etishga harakat qildik. Bu jangni muxlislar ko'rishni xohlaydi. Men boks muxlisi sifatida bu jangni ko'rishni istardim.
So'nggi to'rt-besh yil ichida superog'ir vaznda uch boshli yirtqich hayvon bor edi: men, Uaylder va Joshua. Deontey va Entoni mag'lub bo'lgandan keyin men yolg'iz qoldim. Keyin esa yangi nomlar paydo bo'la boshladi — Jo Joys, Daniel Dyubua, Usik. Ular bayramni buzishdi.
Besh yil oldin yangi qon paydo bo'ldi va menda savol tug'ildi: "Men ularni mag'lub qila olamanmi? Menimcha, agar Joshua bilan jang qilmasak, bu haqiqiy parodiya bo'ladi", - dedi Fyuri.
Fikrlar