17 iyu 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri MMAda jang qiladimi?
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri MMAda jang qilmasligini malum qildi.
"Menga greppling qiziq emas. Erda ag'anab yurishni yoqtirmayman. Men turgan holda jang qiladigan insonman. Men kurashchi emasman, birovning qo'lini ushlab otish uslubim emas. MMAga qiziqmayman. Jang qilamanmi? Hech qachon", - deb javob bergan Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Fyuri navbatdagi jangini 24 iyul kuni Deontey Uaylderga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar