02 noy 10:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson Fyuri: "Nega Ukrainadan kelgan daydini kutishim kerak?"
Superog'ir vazn toifasida WVC chempioni Tayson Fyuri 3 dekabr kuni Aleksandr Usik bilan o'tkazilishi kutilayotgan mutlaq chempionlik jangi haqida gapirdi.
"Usikka jang taklif qildim. U WVC tojini xohlashini aytdi. Men unga istasa kelib kamarni olishini aytdim.
Kameraga ketadigan summani ayta olmayman, lekin unga 3 dekabr kuni jang qilish uchun katta pul taklif qilishgan. U esa olti oylik o'quv-yig'in mashg'uloti kerakligini aytdi. SHuning uchun Usik taklifni rad etdi.
Bu mening faoliyatim. Nega Ukrainadan kelgan daydini kutishim kerak? Bu jang mening shartim bo'yicha bo'ladi, men birovning qo'shig'iga raqsga tushmayman. Agar menga jang o'tkazish taklif qilinsa, unda buni amalga oshirishingiz kerak. Agar rozi bo'lmasang, bu qushchani uchirib yuborasan va imkoniyatni yo'qotasan", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar