28 iyu 14:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri Ruisni cho'chqaga o'xshatdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri yana bir bor hamyurti Entoni Joshuaning mag'lubiyatiga to'xtalib o'tdi.
Yodingizda bo'lsa, meksikalik Endi Ruis britaniyalik bokschini nokautga uchratib, uchta asosiy yo'nalish chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgan edi.
“Ha, men Joshuaning gaplarini eshitdim. Go'yoki, u yana qaytib, nisbatan kuchsiz raqiblar bilan jang qilishini aytibdi. To'xtang, Ruis Joshua istagan kuchsiz raqib emasmidi? Endi ikki haftagina chempionlik jangiga tayyorgarlik ko'rgan cho'chqadek semiz va kuchsiz raqib-ku!”, - deya Fyurining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda iFL TV.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar