15 mar 13:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri Usikka majburiy raqib berilganiga munosabat bildirdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq WBC chempioni Tayson Fyuri ukrainalik Aleksandr Usikka WBO yo'nalishi bo'yicha majburiy raqib berilganini izohsiz qoldirmadi.
"Ayni paytda! Jozef Parkerga o'zi munosib bo'lib turgan imkoniyatini beringlar", — deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida munosabat qoldirgan britaniyalik bokschi.
Eslatib o'tamiz, Butunjahon boks tashkiloti (WBO) 34 yoshli Yangi Zelandiya bokschisi Jozef Parker (36-3, 24 KO)ni ukrainalik Aleksandr Usikning WBO kamariga rasmiy va majburiy davogar deb elon qilgandi. Tomonlar 12 aprelgacha jangning barcha shartlari bo'yicha kelishib olishlari shart.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar