07 may 17:39
Yangiliklar
Tayson Fyuri va Entoni Joshua sof oltindan yasalgan kamar uchun jang qiladi
Lekin yuz foiz sof oltindan yasalgan maxsus kamar bilan ringni tark etadi. "Britaniya jangi" deb nomlangan maxsus sovrinni o'rtaga qo'yish g'oyasi haqida Ring Magazine nashri elon qildi.
"Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi jang g'olibiga topshiriladigan "Britaniya jangi" maxsus kamari to'liq oltindan bo'ladi", - deb xabar berdi nashr o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Ikkala britaniyalik ham superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni hisoblanadi. Biroq hozirda ularning hech biri o'rtaga qo'yilishi mumkin bo'lgan kamarga ega emas. SHuning barobarida bu jang qo'shimcha reklamaga muhtoj emas. Qarama-qarshilik Angliya uchun jang sifatida taqdim etiladi va g'olib o'zini zamonaviy avlodning eng buyuk britaniyalik bokschisi sifatida ko'rsata oladi.
Entoni Joshua yil oxiriga mo'ljallangan jangdan oldin 25 iyunga belgilangan albaniyalik Kristian Prengaga qarshi chigalyozdi jangini o'tkazadi. Tayson Fyuri esa o'tgan oyda hakamlarning yakdil qarori bilan rossiyalik Arslanbek Mahmudovni mag'lub etgan edi.

Fikrlar