26 iyu 16:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuridan chempionlik kamari olib qo'yiladimi?
Superog'ir vaznda IBO/WBA/WBO yo'nalishlari chempioni Tayson Fyuri va uning ukasi Xyui Fyurilar doping moddasi istemol qilganlikda ayblanmoqda.
Malumotlarga qaraganda, uning o'tgan yili fevral oyida Klichkoga qarshi jangi oldidan topshirgan analizlari qayta tekshirilganda nandrolon moddasi topilgan.
Britaniya antidoping agentligi hozircha bu borada bayonot bermagan. Sportchilarning o'zlari esa taqiqlangan preparatlarni istemol qilganliklarini rad etmoqdalar.
Agar bu xabar tasdiqlansa, sportchilar diskvalifikaciya qilinadilar va o'z kamarlaridan mahrum bo'ladilar.
Havola :
Manba : Irish Mirror
Fikrlar