06 iyu 12:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyurining navbatdagi raqibi amerikalik bo'ladi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri keyingi jangini kuz oyida amerikalik bokschiga qarshi o'tkazadi.
Bu haqida uning promouteri Frenk Uorren xabar berdi.
“Tayson Fyurining navbatdagi jangini kuz oyida Nyu-Yorkdagi MGM Grand arenasida o'tkazmoqchimiz. Raqib hali malum emas. Taysonning Jarrell Miller bilan jang qilish istagi bor edi, lekin bu hali aniq emas. Har qanday holatda ham Fyuri qaysidir amerikalik bokschiga qarshi jang qiladi", - dedi Uorren.
Havola :
Fikrlar