20 iyu 17:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Taysonning akasi: "Fyuri bu safar Klichkoni osonlikcha engadi"
Britaniyalik Xyui Fyuri ukasi Tayson Fyurining Vladimir Klichko ustidan g'alaba qozonishiga shubha qilmayapti.
"Tayyorgarlik yaxshi kechmoqda. Bizda bir qancha yaxshi sparring raqiblar bor. Tayson tashqi dunyodan uzilishi uchun Gollandiyada mashg'ulotlar o'tkazyapmiz. Mashg'ulotlar, ovqatlanish, uyqu - barchasi bir rejimda. Bu haqiqiy mehnat.
Dastlabki jang ajoyib o'tgandi. Lekin, bu safar Tayson osonlikcha g'alabaga erishadi deb o'ylayman. U Klichkoni bilib olgan. Uni nafaqaga jo'nata oladimi? Albatta, 100 foiz!", - deydi Xyui Fyuri.
Havola :
Manba : boxingnews.com.ua
Fikrlar