04 okt 19:05
Yangiliklar
Paralimpiya

Temurbek Giyazov para engil atletika bo'yicha Jahon chempionati g'olibiga aylandi!
Hindistonning Nyu-Deli shahrida para engil atletika bo'yicha Jahon chempionati o'zining yakuniy pallasiga kirdi.
Musobaqada erkaklar o'rtasida T64 klassida tashkil etilgan balandlikka sakrash bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi. Unda O'zbekiston terma jamoasi azosi Temurbek Giyazov ham ishtirok etib, 2.03 m natija qayd etdi. Bu orqali 29 yoshli Temurbek nafaqat shaxsiy rekordini yangiladi, balki Jahon chempionatining oltin medaliga ham ega chiqdi.
Jahon chempionati
Erkaklar o'rtasida balandlikka sakrash (T64)
1. Temurbek Giyazov (O'zbekiston) - 2.03
2. Jonatan Brum Edvards (Buyuk Britaniya) - 2.00
3. Pravin Kumar (Hindiston) - 2.00
Malumot uchun, hozirda terma jamoamiz hisobida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medali mavjud.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar