29 iyu 15:25
Yangiliklar

Tennis malikalarimizning bari WTA reytingida pastladi, tez orada Top-1000`da biznikilardan hech kim qolmaydi
Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko juda katta farq bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Amerikalik Koko Goff ikkinchi o'rinni saqlab qoldi. Uimbldon turniri chempioni Iga Svyontek kuchli uchlikni yakunlab turibdi. Top-10`talik reytingida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. .
Yangilangan reytingda 6 nafar tennis malikamizning bari pastga "quladi". Birinchi raketkamiz Vlada Yakshibarova 3, ikkinchi raqamli tennischimiz Nigina Abduraimova 7, Darya SHubina 10, Milana Maslenkova 9, Sabrina Olimjonova 8, Diana Yakovleva 5 pog'onaga pastladi.
WTA reytingi. 28 iyul kungi holat:
1 (1). Arina Sobolenko (Belarus) - 12 420 ochko
2 (2). Kori Gauff (AQSH) - 7669
3 (3). Iga SHvyontek (Polsha) - 6813
4 (4). Jessika Pegula (AQSH) - 6423
5 (5). Mirra Andreeva (Rossiya) - 4914
6 (6). CHjen Cinven (Xitoy) - 4553
7 (7). Amanda Anisimova (AQSH) - 4470
8 (8). Medison Kiz (AQSH) - 4374
9 (9). Jasmin Paolini (Italiya) - 3576
10 (10). Paula Badosa (Ispaniya) - 3454...
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
877 (874). Vlada Yakshibarova – 28
1051 (1044). Nigina Abduraimova – 16
1240 (1230). Darya SHubina – 9
1280 (1271). Milana Maslenkova – 8
1402 (1394). Sabrina Olimjonova – 5
1427 (1422). Diana Yakovleva – 4
Fikrlar