21 iyu 18:52
Yangiliklar

Tennis malikalarimizning bari yangilangan WTA reytingida "qulashdi"
Top-10 reytingida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Amerikalik Koko Goff ikkinchi o'rinni saqlab qoldi. Uimbldon turnirida chempion bo'lgan Iga Svyontek 3-o'rinni egallab turibdi. Rossiyalik 18 yoshli Mirra Andreeva Top-5`ni yakunlab bergan.
Yangilangan reytingda 6 nafar tennis malikamizning bari quyiga sho'ng'idi. Birinchi raketkamiz Vlada Yakshibarova 1, Nigina Abduraimova 19, Darya SHubina 10, Milana Maslenkova 35, Sabrina Olimjonova 9, Diana Yakovleva 15 pog'onaga pastladi.
WTA reytingi. 21 iyul kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 12420 ochko
2. (2) Koko Goff (AQSH) - 7669
3. (3) Iga SHvyontek (Polsha) - 6813
4. (4) Jessika Pegula (AQSH) - 6423
5. (5) Mirra Andreeva (Rossiya) - 5163
6. (6) CHjen Cinven (Xitoy) - 4553
7. (7) Amanda Anisimova (AQSH) - 4470
8. (8) Medison Kiz (AQSH) - 4374
9. (9) Jasmin Paolini (Italiya) - 3576
10. (10) Paula Badosa (Ispaniya) - 3454
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
874 (873). Vlada Yakshibarova – 28
1044 (1018). Nigina Abduraimova – 16 (-1)
1230 (1220). Darya SHubina – 9
1271 (1236). Milana Maslenkova – 8
1394 (1385). Sabrina Olimjonova – 5
1422 (1407). Diana Yakovleva – 4
Fikrlar