19 dek 16:57
Yangiliklar

Tennis. Sport yoki biznes?
Tennis bilan asosan 6-7 yoshdan boshlab shug'ullana boshlashadi. Uch yoshdan boshlaganlar ham yo'q emas. Masalan, Amerika, g'arbiy Evropa va Avstraliya mamlakatlarida ("Katta Dubulg'a" musobaqalari bor mamlakatlarda) tennis judayam rivojlangan. Agar bolada kuchli xohish va haqiqiy istedod bo'lsa, mamlakat tennis federaciyasi unga yordam beradi. Har 15 nafar boladan 12 nafarini federaciyaning o'zi qo'llab-quvvatlashi mumkin va ular hech qanday harajatlarsiz katta tennisga kirib kelishlari mumkin.
SHarqiy Evropa yoki Osiyo mamlakatlarida esa unday emas. (Ayrim mamlakatlarni hisobga olmaganda.) Masalan, Rossiya SHarqiy Evropa hisoblanadi. Bu mamlakatda yosh istedodlar ko'plab topiladi va federaciya ularning barchasiga mablag' ajratishga qurbi etmaydi. Buning evaziga rus tennischilarining butun dunyo bo'ylab tarqalib ketganliklarini ko'rishimiz mumkin. Rossiyalik yosh istedodlar boshqa davlat federaciyalari tomonidan taklif tushishi bilanoq, ikkilanmay boshqa mamlakat sharafini himoya qilishga majburlar. Masalan, Qozog'iston, Avstraliya, Isroil, Germaniya va yana ko'plab mamlakatlardan rus tennischilariga takliflar bo'lgan. CHunki ular yosh istedodlarning barcha harajatlarini ko'tarishga tayyorlar. Boshqa davlat sharafini himoya qilishdan bosh tortgan bolada yoshlikdan qobiliyat bo'lsa, ota-onasini federaciyada tanishi bo'lsa yoki omadi kelib qandaydir homiy unga qiziqib qolsa va sarmoya kiritsa u holda bir nimaga erisha oladi, aks holda...
(Aslida o'zbekistonlik, lekin malum sabablarga ko'ra bugungi kunda Isroil sharafini himoya qiladigan Vlada Yakshibarova)
Mavzuga aloqador: "O'zbekistonning legioner tennischilari" haqida nimalar bilamiz?
Yuqorida takidlab o'tilgan tennisi taraqqiy etgan davlatlarda esa bunday emas. U erlarda tennisga qiziqishadi. Davlat federaciyaga ushbu sportni rivojlantirish uchun pul ajratadi. Har xil yirik kompaniyalar, sarmoyadorlar jalb etiladi. Turnirlar o'tkaziladi. Haqiqiy tennis yulduzlari ishtirokida bolalar uchun master-klasslar va hokazo. Ko'pincha mamlakatlar "Devis Kubogi" bahslariga birinchi-ikkinchi raketkalarini jalb etishadi va ular xech ikkilanmay vatani sharafini himoya qilishadi. Garchi "Devis Kubogi" uchun reyting ochkolari berilmasa ham. CHunki, bu tennischilarni mashhur qilgan va yoshligidan barcha harajatlarini ko'targan ham shu yurt federaciyalari hisoblanadi.
Ilgari (taxminan o'n yillar oldin) tennischilar homiylardan ko'proq pul mukofotlari olishgan (TOP100 tennischilari albatta). Hozir esa unday emas. Homiylar ushbu pullarni TOP100ga bo'lib berish o'rniga, TOP10 tennischilarga ko'proq ahamiyat berishga qaror qilishdi. CHunki 100 kishiga pul tarqatish o'rniga, 10 kishiga sal ko'proq pul ajratish yo'li bilan yana pulni tejash mumkin. Zamon talabi shunday. TOP10 tennischilarining yillik daromadlari 5-10 million AQSH dollarini tashkil etadi. Bu musobaqalarda olinadigan pul mukofotlari. Undan tashqari, homiylar bilan shartnomalar, reklama va turli shartnomalar mavjud.
Masalan, oddiy "ATP 250" turniri TOP10 tennischisini turnirga jalb etishi uchun(ilk davrada mag'lub bo'lsa ham) alohida rag'batlantirishga majbur. CHunki, o'sha mashhur tennischining bu turnirda ishtirok etishi muxlislarni jalb etadi, ularning qiziqishini kuchaytiradi, TV translyaciyani rivojlantiradi, turli intervyular... Hullas turnirning obro'sini oshiradi. TOP20, TOP30 sportchilari ham malum miqdorda sarmoya olishadi. Unda yuqorida joylashgan tennischilar turnirlarda beriladigan pul mukofotlari bilan chegaralanishga majbur. TOP10 tennischilari o'zlariga 5-10 kishilik jamoani yig'ib olishadi. Ikki-uch murabbiy, fizeoterapevt, psixolog, vrach va boshqalar. 50-80 o'rinlardagi sportchilarda ko'p hollarda bir murabbiy va fizeoterapevt mavjud. Undan ortig'ini esa hamyoni ko'tarmaydi. TOP100dan tashqaridagilar fizeoterapevt yo'llashga ham kuchlari etmaydi. Fizeoterapevt - sportchining jismoniy holatiga javob beruvchi shahs hisoblanadi. TOP80, TOP90 tennischilari yiliga o'rtacha 300-400 ming AQSH dollari ishlab topishadi. Har bir turnirda ishlab topgan mablag'idan 30 foiz soliq to'lanadi. 400 mingdan 100-150 atrofida soliqqa to'lanadi. Sportchi butun jamoani taminlaydi. Aviareyslarda albatta ko'proq biznes-klassda uchishga harakat qilishadi. CHunki, borayotgan musobaqasiga yaxshi tayyorgarlik bilan etib borish lozim. Undan tashqari, eb-ichish va mehmonxona uchun to'lovlarni barchasi tennischining hamyonidan. Undan tashqari albatta maosh masalasi ham bor.
(Novak Jokovich va uning fizioterapevti)
Murabbiy yoki fizeoterapevtlar yiliga o'rtacha 60-100 ming AQSH dollarida atrofida maosh olishadi. Masalan, Rafael Nadal o'tgan yili qo'liga qiymati 600 000$ lik soat bilan musobaqalarda ishtirok etdi. Bu yog'iga hisob kitobni o'zingiz chiqarib olarsiz...
Husniddin Mirzaliev tayyorladi
Fikrlar