07 fev 10:13
Yangiliklar
Tennis, Olimpiya o'yinlari
Tennischimiz Layma Vladson Antaliyadagi turnirda 1/2 finalga chiqdi
O'zbekiston vakilasi Layma Vladson Turkiyada davom etayotgan ITF W15 Antaliya 3 Women turnirining chorak finalida g'alabaga erishdi.
Vladson 1/4 final uchrashuvida italiyalik Anastasiya Bertachchini uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 7/5, 4/6, 6/1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Taqqoslash uchun, Layma Vladson WTA reytingida 880, Anastasiya Bertachchini esa 705-po-onadan joy olgan. Bugun vakilamiz final chiptasi uchun slovakiyalik Nina Vargovaga qarshi kortga chiqadi. Vargova ayni paytda dunyoning 684-raketkasi bo'lib turibdi. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 14:30da boshlanadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar