So’nggi yangiliklar

09:45The Ring. Кроуфорд кетгач, энди ким P4P пешқадамига айланди? 0 09:23Бектемир Мелиқўзиев Сауль Альваресга мурожаат қилди 0 08:30ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва плей-оффга чиқа олмади 0 19:01Дмитрий Бивол собиқ хотинини судда ютиб чиқди 0 18:39Ислам Махачев айни пайтда UFC'нинг энг зўр жангчиси ким эканлигини айтди 0 18:17Жейк Пол Франсис Нганну билан жанг қилмоқчи 0 17:52"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди 0 17:25Баҳодир Жалолов ва Муроджон Аҳмадалиев машғулотларни биргаликда давом эттиряпти (ВИДЕО) 0 17:02Каннаваро Милан-Кортина-2026 қишки Олимпиадаси доирасида машъала ёқиш эстафетасида қатнашди 0 16:39Жейк Пол — Энтони Жошуа билан жанг ҳақида: "Мен иккита раундда ғалаба қозонгандим" 0 16:18Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди 0 15:57"Қатар кубоги"да навбатдаги медаллар қўлга киритилди 0 15:362026 йилда жаҳон чемпиони бўлишни ният қилган Хуршидбек Расулжонов билан интервью 0 15:15Ўзбекистонлик илк аёл Жаҳон чемпионига айланган каратэ устаси Гулшан Алимардонова Президент совғаси — автомобиль билан тақдирланади 0 14:54"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда 0

18 iyu 12:44
Yangiliklar

Tennis

Tennisga "kimdir" qiziqishi shartmi yoxud O'zbekistonga katta tennis kerak(mi?)

So'nggi vaqtlarda tennis kortlarimiz yirik musobaqalarsiz huvullab qolayotgani hech kimga sir emas.

Sarlavhadagi "kimdir" olmoshining tub manosini tushundingiz, deb umid qilaman. Ko'pchilikning nazdida, deyarli to'rt-besh yil avval ham tennischilarimiz nufuzli turnirlarda munosib ishtirok etib kelganligi aytiladi. To'g'ri, hozir ham hamyurtlarimiz ITF turkumiga kiruvchi musobaqalarda g'oliblik uchun kurashyapti, deyishingiz mumkin. Ha, ular g'oliblik uchun kurashyapti, ammo tennischilarimizning katta qismi saralash g'olibligi uchun jon kuydiryapti hozirda. Bundan tashqari, avval ham aytilganidek, Toshkent rahnomoligidagi turnirlardan mosuvo bo'lganimiz (yoki berib yuborganimiz) ushbu sport turi yurtimizda rivojlanishini bir muncha susaytirgani shak-shubhasiz.


Avvallari yurtimiz hududida, xususan birgina poytaxt Toshkentning o'zi bir qancha musobaqalarga, jumladan ATP Tashkent Open (Prezident kubogi) turnirini o'zida qabul qilgan. Takidlash joiz, ushbu turnir ATP 250 darajasida, 1997-2002 yillar davomida o'tkazib kelingan. 2000 yillar so'ngida ATP reytingida karvonboshilik qilgan rossiyalik Marat Safin ham aynan 2000 va 2001 yillarda Tashkent Open'da qatnashib, chempionlikni tantana qilgan edi. Bundan tashqari, ushbu musobaqaning dastlabki ikki yilligida g'oliblikni qo'lga kiritgan britaniyalik Tim Xenman o'z vaqtida dunyo reytingida to'rtinchi o'ringacha ko'tarilgan edi. Qolaversa, germaniyalik Nikolas Kifer, rossiyalik Evgeniy Kafelnikov kabi tennischilar yakkalik bahslarida g'olib bo'lib, 250 reyting ochkosi va pul mukofotini o'ziniki qilgan. Juftlik bahslarida esa 1999 yilda hamyurtimiz Oleg Ogorodov shveycariyalik Mark Rosset bilan birgalikda Prezident kubogida zafar quchgan. 2002 yilga kelib, musobaqa to'xtatiladi, sababi esa bizga qorong'u. Ushbu musobaqa to'xtaganidan so'ng, respublikamiz hududida yirik uchta turnir qolgan edi, bular — Bukhara Challenger, Fergana Challenger hamda yana bir CHellenjer turkumidagi Toshkent ochiq chempionati. Buxorodagi turnirning sovrin jamg'armasi 35 000 dollarni tashkil etgan. Musobaqa 2000-2008 yillar oralig'ida o'tkazilgan, unda Denis Istomin uch bor chempionlikni nishonlagan. Farg'onadagi chellenjer 2000-2019 yillar oralig'ida o'tkazilgan. Takidlash joiz, musobaqa erkaklar va ayollar o'rtasida o'tkazilgan. Erkaklar o'rtasidagi musobaqada 38 reyting ochkosi va 50 000 AQSH dollari, ayollar o'rtasidagi musobaqada ham huddi shuncha ochko va 25 000 dollar o'ynalgan. Nigina Abduraimova, Sabina SHaripova musobaqada bir necha bor chempionlikni qo'lga kiritgan. Qolaversa, Toshkent ochiq chempionati — WTA Tour doirasida, malum va mashhur Zeromax kompaniyasi tomonidan 1999-2019 yillar oralig'ida o'tkazib kelingan. Sovrin jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil qilgan. Musobaqada Iroda To'laganova va Oqgul Omonmurodova bir necha bor muvaffaqiyatli ishtirok etgan.


2007-2009 yillarga kelib, katta tennis bo'yicha halqaro musobaqalar O'zbekiston bo'ylab keng tarqala boshladi. Jumladan, Qarshida 2007-2018 yillar oralig'ida ATP tasnifiga kiruvchi, 50 000 dollar sovrin jamg'armasi va 29 reyting ochkosiga ega chellenjer musobaqasi o'tkazib kelindi. Unda hamyurtlarimiz Denis Istomin, Sanjar Fayziev va Jo'rabek Karimovlar bir necha bor muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Toshkentda esa 2008 yildan 2018 yilgacha sovrin jamg'armasi 125 000 dollarni tashkil etuvchi, 30 reyting ochkosiga ega ATP Challenger musobaqasi o'tkazildi. Turnirning yakkalik bahslarida Denis Istomin ikki bor chempionlikni qo'lga kiritdi. Juftlik bahslarida esa Murod Inoyatov, Sanjar Fayziev, Jo'rabek Karimov va Denis Istomin (ikki bor) zafar quchishdi. SHu vaqtga kelib, yurtimizda oltita kattalar o'rtasidagi halqaro musobaqalar o'tkazilayotgan edi. Ammo barcha musobaqalar 2018-2019 yillarga kelib to'xtab qoldi, doimgidek sababi bizga qorong'u.


Tennis yurtimizdan "yuz o'girgan" bo'lsa-da, jonkuyar muxlislar tennisdan yuz o'girganicha yo'q. Aprel oyida xalqaro tennis federaciyasi prezidenti Devid Xaggertining yurtimizga tashrifidan xabardor bo'lsangiz kerak. Ushbu tashrif samarasi o'laroq, yaxshi yangiliklar ham quloqqa chalina boshlandi. Unga ko'ra, 25-30 iyul kunlari poytaxt Toshkent o'smirlar o'rtasidagi J3 Tashkent-2022 musobaqasiga mezbonlik qiladi. Turnirning saralash bahslari 23 iyuldan start olishi xabar qilingan. To'g'ri, millionlab muxlislar futbol, boks va boshqa sport turlarini kuzatishadi. Ammo tennis o'ziga yarasha jozibasi, muxlislariga ega sport turidir. Sanjar Fayziev, Sergey Fomin, Humoyun Sultonov, Denis Istomin va boshqa tennischilar orqasida qancha muxlislari qo'llab-quvvatlayotganini his qila olmayotgandek, go'yo. SHuning uchun ham tennis O'zbekistonga kerak!

Hozirda O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan tennischilar haqida to'liqroq maqolani Olamsport.com saytida, tez orada o'qishingiz mumkin!

Diyor Mavlonov maqolasi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing