23 iyu 09:10
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/1695_220.jpg)
Terens Krouford va Viktor Postol taroziga chiqishdi
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangida birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni amerikalik 28 yoshli Terens Krouford aynan shu vaznning WBC yo'nalishi chempioni ukrainalik 32 yoshli Viktor Postolga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tariladi.
Ertangi jang oldidan bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Har ikki chempion ham belgilangan vazn talabini bajarishdi. Krouford 63,5, Postol esa 63,3 kg tosh bosdi.
Havola :
Fikrlar