So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

03 sen 09:38
Yangiliklar

Tadbirlar

Terma jamoalarimizni yirik kompleks musobaqalarga tayyorlash yuzasidan onlayn yig'ilish o'tkazildi

Teglar :  MOQOlimpiada
Butun dunyoda epidemiologik vaziyat barqarorlashib, karantin talablari ham yumshatilmoqda.

Bu esa sport musobaqalarini o'tkazish sekin-asta o'z iziga tushayotgani, ularga munosib tayyorlanish kerakligidan dalolat beradi. SHu bois terma jamoalarimiz uchun o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlash, oldindagi yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlanish kabi ustuvor masalalar yuzasidan onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Unda MOQ hamda Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalar rahbariyati, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi va Milliy anti-doping agentligi mutasaddilari ishtirok etishdi. Onlayn uchrashuvni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ochib berdi va ishtirokchilarni Respublikamiz Mustaqilligining 29 yilligi bilan tabriklab, pandemiya davrida olib borilayotgan ishlar uchun barcha federaciya mutasaddilariga minnatdorchilik bildirdi.

O.Kasimov shundan so'ng kun tartibidagi birinchi masala – 2025 yil Toshkent mezbonlik qiladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlarini qabul qilish bilan bog'lik masalalarga to'xtalib o'tdi.

“Hisob-kitoblarga ko'ra, musobaqa doirasida poytaxtimizga 6 ming nafarga yaqin mehmonlar kelishi kutilmoqda. SHu bois transport va logistika, mehmonlarni joylashtirish masalasi ham alohida yondashuv talab qiladi. Reglamentga ko'ra, mezbon davlat musobaqada sport turlarini tanlashda alohida imkoniyatlarga ega bo'ladi. SHu bois o'zimiz medal olishimiz mumkin bo'lgan yo'nalishlarga ko'proq etibor qilishimiz lozim. SHundan kelib chiqqan holda har bir federaciya rahbariyatidan bu boradagi takliflarni kutib qolamiz”, – dedi Oybek Kasimov.

Onlayn uchrashuv davomida mazkur masalalar yuzasidan jamoalarimizning yutuq va kamchiliklari muhokama qilinib, mavzular yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Xususan, MOQ qoshidagi respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining (RSTIAM) direktori Abdushukur Sadikov hamda markaz masul vakili Miralisher Ismailov jamoalar uchun yig'inlar tashkil qilishda va ijtimoiy hayotda koronavirus infekciyadan himoyalanish mavzusida kerakli maslahatlar berib o'tishdi.

Yig'ilish davomida SHerzod Tashmatov 2021 yilgi Olimpiya o'yinlariga tayyorlanish va terma jamoalarni o'quv-mashg'ulot yig'inlariga qaytarish mavzusida, MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov 2022 yilgi Osiyo o'yinlari va Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorlarlik ko'rish dasturlari haqida gapirdi.

“Kelajakdagi kompleks musobaqalarga tayyorgarlik bo'yicha katta hajmda ish olib bormoqdamiz. Buning uchun MOQ qoshidagi ilmiy-metodik markaz ham jalb qilingan. SHu paytgacha asosan yakkakurash sport turlariga katta etibor qilganmiz va buning natijasida Olimpiadaga chiqishi mumkin bo'lgan bir qancha jamoaviy o'yin sport turlari bo'yicha jamoalarimizni “yo'qotib qo'ydik”. SHu bois dasturlarimizda Parij-2024 yozgi Olimpiadasiga tayyorlanishda mazkur yo'nalishga ham alohida etibor qaratiladi”, – dedi Nazirjon Xudoyqulov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing