So’nggi yangiliklar

14:42"Атлетико" 20 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди 0 14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0 13:20Уайт Оқ уйдаги турнир қандай ҳолатда тўхтатилиши мумкинлигини айтди 0 12:58Осиё кубоги. Қизларимиз тарихий натижа қайд этишди 0 12:36Аёллар терма жамоамиз Осиё чемпионатини 5 та медаль билан якунлади 0 12:12Топурия: "Учинчи камар фақат Махачев билан жангдагина маънога эга" 0 11:40Octagon League собиқ чемпиони Анвар Абдуллаев нуфузли ММА Лигаси билан шартнома имзолади 0 11:16Тайсон Фьюри нима учун ҳамон фаолиятини давом эттираётганини тушунтирди 0 10:48Суперлига. Бугун ўзбек "Эл Класико" бор 0 10:12WBC рейтинги янгиланди: деярли барча боксчиларимизда ўсиш! 0 09:38Полина Кудерметова Мадрид турнирида чорак финалга йўл олди 0 09:15Менежер Ислам Махачевни ёлғончиликда айблади 0 08:40"Реал" яхши таклиф тушса, Камавингани ёзда сотиб юбориши мумкин 0 08:12Гимнастика бўйича Исроил терма жамоаси хавфсизлик муаммоси сабабли Тошкентдаги Жаҳон кубогига келмайди 0

05 okt 07:29
Yangiliklar

Kurash

Termizda 100 000 dollarlik kurash musobaqasi oldidan matbuot anjumani o'tkazildi FOTOGALEREYA

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Termiz shahrida Kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim At Termiziy xotirasiga bag'ishlangan XIV xalqaro turniri bo'lib o'tmoqda.

Har ikki yillikning eng nufuzli Kurash bayramlaridan biri hisoblangan mazkur musobaqada dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 100 nafardan eng ziyod sara polvollari ishtirok etadi.

Joriy yilgi xalqaro turnirning sovrin jamg'armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Mutlaq vazn bo'yicha g'olib chiqqan sportchi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini - 10 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

O'z tarixida 14-bor tashkil etilayotgan xalqaro turnirga Kurash bo'yicha Jahon chempionlari, Osiyo o'yinlari g'oliblari tashrif buyurdilar. Kecha Termizdagi “Meridian” mehmonxonasida musobaqa oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. 

Unda zamonaviy Kurash asoschisi, O'zbekiston kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Komil Yusupov, shuningdek, Afg'oniston, Latviya, Greciya, Xitoy Taypeyi, Mo'g'uliston va boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlar jurnalistlarning savollariga javob qaytardilar.

O'zbek Kurashi muxlislarining sevimli polvoni sifatida etirof etiladigan Aleksandr Kacuragi Braziliya terma jamoasi ustozi sifatida shogirdlarini bahslarga olib tushadi.

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing