So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

09 dek 16:53
Yangiliklar

Kurash

Termizda bel olish va uch kurash bo'yicha ikkita turnir boshlandi

Bugun Termiz tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida bel olish va uch kurash bo'yicha 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati hamda kattalar o'rtasida mamlakat kubogi musobaqasi boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionati va kubok bellashuvlarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 500 nafardan ortiq polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishmoqda. 

Bayramona bezatilgan sport zalida dastlab, musobaqaning tantanali ochilish marosimi  tashkil etildi. 

Marosimda so'z olgan Termiz tuman hokimi SHuhrat O'rinov, O'zbekiston bel olish va uch kurash associaciyasi bosh kotibi Nosir Azizovlar sportchilarni qutlar ekan, bugun mamlakatimizda sportga, xususan milliy sport turlariga qaratilayotgan etibor haqida takidlab, ishtirokchilarga musobaqalarda  muvaffaqiyat tilashdi. SHundan so'ng bellashuvlarga start berildi.  

Musobaqa reglamentiga muvofiq, bugun 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'smirlar bel olish kurash turi bo'yicha bel olish, bel olishning xalqa-chalish, bel olishning xalqa-chalishsiz yo'nalishlarida o'nta vazn toifasida, kattalar o'rtasidagi kubok bellashuvlarida ham xuddi shu yo'nalishlarda o'nta vazn toifasida bellashishadi. Musobaqalar 13 dekabrga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing