03 apr 09:37
Yangiliklar
Boks/MMA

"Teykdaunlarim bilan ajoyib tarzda g'alaba qozona olaman". Sterling Yan bilan jang haqida gapirdi
Amerikalik aralash yakkakurashlar ustasi, o'ta engil vaznda amaldagi UFC chempioni Aljemeyn Sterling vaqtinchalik chempion, rossiyalik Pyotr Yanga qarshi jang haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'ylashimcha, asosiysi bu yigitning jang tempini belgilashiga yo'l qo'ymasligim kerak. Menimcha, buni o'z bosimim, tempim, olg'a borishim va teykdaunlarim bilan ajoyib tarzda amalga oshira olaman.
Lekin bu har qanday teykdaunda hujumga o'taman degani emas. Bazan faollikni tushirish uchun raqib tempini susaytirish va klinchga kirish kerak bo'ladi", - dedi Sterling.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar