17 noy 07:42
Yangiliklar
Tennis
Teylor Fritc ATP Yakuniy turnirining ilk finalchisi
ATP reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan Teylor Fritc biroz kutilmaganda yilning Yakuniy ATP turniri finaliga etib keldi.
Amerikalik tennischi 1/2 final uchrashuvida dunyoning ikkinchi raketkasi germaniyalik Aleksandr Zverevni 6/3, 3/6, 7/6(3) hisobida taslim etdi. Fritc Zverev bilan o'zaro uchrashuvlar hisobida oldinda bormoqda - 7:5.
Ikki soatu 24 daqiqa davom etgan bahsda Fritc 15, Zverev 10 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 1 tadan breykka erishdi. Qo'shxatolar mag'lub tennischida ko'proq bo'ldi - 2 ga 1.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar