So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

09 mar 23:57
Yangiliklar

Og'ir atletika

Tezkor xabar: O'zbekiston 2021 yilgi o'smirlar jahon chempionatini qabul qiladi

Teglar :  Og'ir atletika
Biz 8-15 mart kunlari Las-Vegasda o'smirlar va qizlar o'rtasida jahon chempionati o'tishi haqida avval xabar bergan edik.

SHu kunlarda Xalqaro og'ir atletika federaciyasining yana bir qator tadbirlari ham bo'lib o'tmoqda. Tashkilot ijroiya qo'mitasi majlisida ushbu sport turini rivojlantirish bilan bog'liq bir qator masalalar muhokama qilindi, navbatdagi yirik nufuzli musobaqalar qaerda o'tkazilishiga aniqlik kiritildi.

Ijroqo'm majlisi ishtirokchilari 2021 yilgi o'smirlar o'rtasida jahon chempionatini o'tkazishga davogarlik qilgan mamlakatimiz taqdimotini ko'tarinki kayfiyatda ko'rib chiqishdi. Taqdimot yakunlangach birorta savolga hojat qolmagani diqqatga sazovor. Xalqaro og'ir atletika federaciyasi prezidenti Tamash Ayan 2018 yilgi yoshlar o'rtasida jahon chempionati Toshkentda yuksak saviyada o'tkazilgani uchun O'zbekistonga minnatdorlik izhor qildi va mamlakatimizda yirik nufuzli musobaqalarni o'tkazish borasida katta tajriba to'planganini takidladi. Dunyo og'ir atletikasi rahbarini ijroqo'm majlisigaturli qitalardan tashrif buyurgan mutaxassislar faol qo'llab-quvvatlashdi.

SHu tariqa, 2021 yil aprel oyida Toshkent o'smirlar o'rtasida jahon chempionatini qabul qiladigan bo'ldi.

- Ushbu musobaqalar muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki turnir g'olib va sovrindorlari medallar bilan birga navbatdagi IV o'smirlar olimpiya o'yinlariga yo'llanmalar bilan ham mukofotlanadi. Turli milliy federaciyalarda ishlayotgan hamkasblarimiz Toshkentdagi chempionatning ana shu jihatiga alohida etibor qaratishgani bejiz emas. O'tgan yili mamlakatimiz bahorda Urganchda o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionatini, yozda Toshkentda yoshlar o'rtasida jahon chempionatini yuksak saviyada tashkil qilishga erishdi. Biz jahon og'ir atletika hamjamiyati ishonchini oqlash uchun barcha choralarni ko'ramiz. SHuningdek, uydagi musobaqada munosib qatanasha oladigan jangovar tarkibni shakllantirishga harakat qilamiz, – dedi O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, xalqaro og'ir atletika federaciyasi ijroqo'mi azosi SHahrillo Mahmudov.

O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng diyorimiz kattalar o'rtasidagi jahon chempionatini ham qabul qilish huquqiga erishsa ayni muddao bo'ladi.


Mirzahakim To'xtamirzaev,

Las-Vegas, AQSH

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing