29 dek 13:02
Yangiliklar

The Ring barcha nominaciyalar bo'yicha g'oliblarni elon qildi (to'liq)
“Yil bokschisi” nominaciyasida birinchi yarim og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik g'olib bo'ldi. Usik bunga qadar ESPN, Yahoo Sports va Sports Illustrated tomonidan ham “Yil bokschisi” deb topilgan edi.
“Yil jangi” nominaciyasida qozog'istonlik Gennadiy Golovkin hamda meksikalik Saul “Kanelo” Alvares o'rtasidagi revansh jangi g'olib bo'ldi.
“Yil nokauti” — Naoyi Inoue - Xuan Karlos Payyano jangining birinchi raundidagi nokaut.
“Yil murabbiyi” yo'nalishida Vasiliy Lomachenkoning otasi, ham murabbiyi Anatoliy Lomachenko tengsiz bo'ldi. U avvalroq Sports Illustrated talqini bo'yicha ham “Yil murabbiyi” bo'lgandi.
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri “Yil qaytishi” nominaciyasida g'olib sifatida etirof etildi.
“Yil voqeyligi” — Ko'p yillar davomida boks translyaciyalarida yakka hokim bo'lib kelgan Amerikaning dunyoga mashhur NVO telekanalining boksdan ketishi.
“Yil raundi” — Deontey Uaylder va Tayson Fyuri o'rtasidagi jangning so'nggi 12-raundi.
Fikrlar