13 noy 08:42
Yangiliklar
Boks/MMA
The Ring - Entoni Joshua va Jeyk Pol dekabr oyida jang qilishga kelishib oldi
Prof boksning super og'ir vaznidagi sobiq chempion Entoni Joshua va amerikalik bokschi bloger Jeyk Pol o'zar jang qilishi mumkin.
The Ring nashrining vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar berishicha, bahs dekabr oyida Mayamida bo'lib o'tadi.
Jang og'ir vazn toifasida boks qoidalari bo'yicha o'tkaziladi.
28 yoshli Pol aslida 14 noyabr kuni Jervonta Devis bilan to'qnash kelishi kerak edi, ammo Devis oiladagi zo'ravonlik ayblovlari tufayli jangdan chiqib ketdi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar