23 mar 18:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Tim Czyu faoliyatidagi otasining o'rni haqida gapirdi
Rossiyalik bokschi Tim Czyu o'z professional faoliyatida otasi Konstantin Czyuning o'rni qay darajada ekanini aytib berdi.
"Ha, otam boshqa ota-onalardan farq qiladi. U hech qachon oddiy otalardek bo'lmagan. Har doim ham u bilan yaqin aloqada bo'lmaganmiz. Otam qattiqqo'l odam edi. SHuning uchun biz hozirgi darajaga erishdik. Hech narsa tekinga berilmaydi.
O'zingiz xohlagan narsaga erishish uchun ko'p mehnat qilishingiz kerak. Biz shunchaki iqtidorli bolalar emas edik", – deya Czyuning so'zlaridan iqtibos keltiradi Boxing Junkie.
Eslatib o'tamiz, kichik Czyu 2021 yilning 17 noyabr kuni Sidneyda (Avstraliya) hakamlarning yakdil qarori bilan yaponiyalik Takeshi Inoueni mag'lub etib, WBO Asia Pacific kamarini qo'lga kiritgandi. SHuningdek, u o'ziga tegishli WBO Global unvonini ham himoya qilgandi.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar