So’nggi yangiliklar

13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0

13 may 09:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Tim Czyu navbatdagi raqibini malum qildi

Avstraliyalik bokschi Timofey Czyu navbatdagi raqibi haqida gapirdi.

Unga ko'ra, raqib 27 yoshli meksikalik Karlos Okampo bo'ladi. WBO vaqtinchalik tituli uchun birinchi o'rta vazndagi jang 18 iyun kuni Avstraliyaning Gold-Kost shahrida tashkillashtiriladi.

"Hozir boks tusha olmayman, biroq buni istayman. Hech kimdan qo'rqmayman va kim bilan bo'lsa ham jang qilaveraman. Okampo - men uchun eng yaxshi tanlov bo'ladi, chunki u sovrinlar uchun kurashda faqatgina Top darajadagi bokschilarga mag'lub bo'lgan.

Meksikaliklarning boksidan va ularing uslubidan doimo zavq olganman. Ular faqatgina jang qilish uchun chiqishadi va men aynan shuni Okampodan istayman. Otam meksikaliklarga qarshi besh marta jang qilgan va barchasida g'alaba qozongan. Eng asosiysi - u meksikalik eng buyuk bokschi Xulio Sezar Navasni mag'lub etgan. Men ham faoliyatim shunday bo'lishini istayman", - dedi Czyu.

Eslatib o'tamiz, kichik Czyu so'nggi jangini amerikalik sobiq chempion Toni Xarrisonga qarshi o'tkazgan. Jang 9 raund davom etgan va Timofeyning texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlangan. Yanvar oyi so'nggida u Jermell CHarlo bilan jang qilishi kerak edi, ammo jang CHarloning jarohati sababli boshqa kunga qoldirilgan.

Okamponing hisobida 34 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing