16 iyu 09:05
Yangiliklar
Tennis
Timofeeva Athens Open WTA 250`da dunyoning 31-raketkasiga qarshi kortga chiqdi
Xabar berganimizdek, Greciya poytaxti Afina shu kunlarda tennis bo'yicha ayollar o'rtasida Vanda Pharmaceuticals Athens Open WTA 250 turniriga mezbonlik qilmoqda.
Ushbu turnirda mamlakatimizning ikkinchi hamda uchinchi raketkalari Mariya Timofeeva va Polina Kudermetova ishtirok etishi malum qilingandi. 14 iyul kuni 23 yoshli Kudermetova 1/16 finalda mezbon yurt vakilasi, dunyoning 37-raketkasi bo'lib turgan tajribali Mariya Sakkariga qarshi kortga chiqib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Kecha yana bir tennischimiz — Mariya Timofeeva ham turnirdagi ilk o'yinini o'tkazdi. U dunyo reytingida 31-pog'onani egallab turgan AQSH vakilasi Enni Li bilan bahs olib bordi va 0:2 (2/6, 1/6) hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv 1 soat, 20 daqiqa davom etdi.
Li mazkur musobaqada ikkinchi raqam ostida saralanganini takidlash lozim.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar