11 apr 17:20
Yangiliklar
Tennis
Timofeeva Ruandagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Franciyaning Ruan shahrida tennis bo'yicha WTA 250 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 283,347 dollarni tashkil etgan turnirning saralash bahslari start oldi.
Musobaqaning saralash turnirida mamlakatimizning uchinchi raketkasi Mariya Timofeeva ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Vakilamiz biroz avval saralashning 1/2 finalida franciyalik Yaroslava Bartashevichni biroz qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/5, 6/1.
Taqqoslash uchun, Timofeeva WTA reytingida 153, Bartashevich 491-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Ikkala tennischi ham bittadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Mariya 2, Yaroslava 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ertaga saralashda beshinchi raqam ostida tasniflangan Timofeeva reytingning 236-pog'onasida borayotgan franciyalik Xloe Pakega qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar