So’nggi yangiliklar

10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0

07 iyu 08:02
Yangiliklar

Futbol

Timur Kapadze: "Hali shartnomam yangilanmadi"

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze bo'lajak "CAFA Nations Cup-2025" musobaqasi haqida fikr bildirdi.

"O'ylaymanki, CAFA - yaxshi turnir bo'ladi. Ikki yil avval ham yurtimizda o'tkazilgan edi. Bu safar esa O'mon va Malayziya terma jamoalari musobaqaga qo'shilishdi. Tayyorgarlik uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi. Yangi futbolchilarni sinab olish imkoniyatimiz bo'ladi. Musobaqa zich taqvimga ega va FIFA kunlaridan oldinroq boshlanadi. Legionerlar birinchi uchrashuvga etib kelishi biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Tayyorgarlik ko'rish uchun hali vaqtimiz bor. Hozir o'yinlarni kuzatib boryapman, kim qanday o'ynamoqda va kimni terma jamoaga chaqirish mumkin. Asosiysi futbolchilarimiz jarohatlarsiz bo'lishi" - deya fikr bildirdi Timur Kapadze bo'lajak musobaqa haqida.

- Yangi futbolchilarni sinab ko'rish uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi dedingiz. MTJ qishda Doxada o'tkazgan yig'ini kabi CAFA musobaqasiga faqatgina Superligada to'p tepayotgan futbolchilar jalb etilishi mumkinmi?

- O'zini ko'rsatgan futbolchilar albatta jalb etiladi. Musobaqa yaqinlashib qolgan vaqtda barchasi aniq bo'lib qoladi. Bunga qadar terma jamoaga jalb etilmagan futbolchilarni chaqirishimiz mumkin bo'ladi. Yangi futbolchilarni sinab ko'rish, ular terma jamoada qanday o'yin namoyish etishini bilib olamiz.

- Qatarga qarshi o'yindan so'ng shartnomam noyabr oyiga qadar mo'ljallangan degan edingiz. Yangi shartnoma haqida O'FA bilan muzokara olib bormadingizmi? Balki shartnomani uzaytirib bo'lgandirsiz?

- Yo'q, hali shartnomam yangilanmadi. Menimcha, butun shtabning shartnomasi noyabrga qadar amal qiladi. Hali vaqtimiz bor, shoshilmayapmiz. Bu chuqur detallarga boy masala bo'lgani sababli, ular ham shoshilmayapti. 

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing