So’nggi yangiliklar

12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0

04 iyu 20:56
Yangiliklar

Futbol

Timur Kapadze: "Hammasi o'z qo'limizda. Bu ergacha etib kelish uchun futbolchilar astoydil mehnat qilishdi"

Teglar :  Timur Kapadze
JCH 3-saralash bosqichi 9-turidan o'rin olgan BAA – O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida bosh murabbiy Timur Kapadze hamda vinger Jaloliddin Masharipov ishtirok etdi.

"Hammaga salom. Albatta, ertaga bizni muhim va qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Hammamiz sog'-omonmiz. Sizlarni ko'rib turganimdan xursandman", – dedi Kapadze.

 "Hammaga salom. Sal hayajon bor, chunki hech qachon bunday bosqich va davrda bo'lmaganmiz. 36 millionlik xalqimiz bizdan ijobiy natijani kutmoqda. Biz xalqimiz uchun katta bayram qilib berishni reja qilganmiz. Biz JCHga loyiq ekanliginimizni ko'rsatish vaqti keldi. Bizga oson bo'lmaydi, lekin hech narsa to'sqinlik qilmaydi deb o'ylayman. Ertaga o'zbekistonlik muxlislarni xursand qilishga urinamiz", – dedi Masharipov.


- Katta o'yindan oldin raqibni o'rganish juda muhim. BAAda bosh murabbiy o'zgardi. Raqib haqida qanchalik tushunchaga egasiz? Ulardan qanday o'yin kutmoqdasiz? 

- Albatta, o'rganib chiqdik. Har taraflama yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. To'g'ri, ularda murabbiy yangi. Biroq bugun paydo bo'lib qolmagan. Ularni o'rganishga harakat qildik. Asosiysi, o'z o'yinimiz haqida o'ylashimiz va yaxshi o'yin ko'rsatishimiz lozim. 

- Bilamizki, hozir O'zbekiston uchun muhim davr, chunki termani 2 o'yinda 1 ochko ham qoniqtiradi. O'zingizni qanday his etyapsiz? Sobiq murabbiy Katanec bilan aloqadamisiz? Uning holati qanaqa?

- Albatta, bu davrga etib kelish uchun futbolchilar astoydil mehnat qilishdi. Bizni ikkita muhim o'yin kutib turibdi. Hammasi o'z qo'limizda. Ertaga g'alaba qozonib, keyingi o'yinga tayyorlanishimiz kerak. Srechko Katanecning sog'lig'i joyida. Uning yordamchilari esa bugungi kunda mening shtabimda faoliyat yuritmoqda. 

- Futbolchiga savol. Terma jamoa lageriga katta kolonkada kirib keldingiz. Qiziq, sizning pleylistingizdan qanday qo'shiqlar o'rin olgan?

- Pleylistimdan o'zbekcha, kayfiyatni ko'taradigan qo'shiqlar o'rin olgan (kuladi). Bu bizning kayfiyatimizga tasir qiladi. Yigitlar ham shunday fikrda. Biz vatan haqida qo'shiqlar tinglaymiz, chunki vatan uchun o'ynamoqdamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing