27 jan 14:31
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Xarbin-2025
Tog' chang'ichilarimiz Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishyapti
Tog' chang'isi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari ayni paytda Qirg'izistonda bo'lib turishibdi.
Xarbin-2025 qishki Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz 19-25 yanvar kunlari "Kashkulak" bazasida yig'in o'tkazdi.
Qayd etish joiz, hamyurtlarimiz bilan birga Qirg'iziston va Qozog'iston terma jamoalari ham mazkur manzilda jam bo'lgan. Rejaga ko'ra, har uch mamlakat sportchilari 2 fevral kuniga qadar bo'lajak O'yinlar oldidan xalqaro turnirda o'z omadlarini sinab ko'rishadi. Qirg'izistondagi yig'inda 6 nafar sportchimiz qatnashmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar