So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

05 apr 18:21
Yangiliklar

Boshqalar

To'g'ri ovqatlanish haqida bilasizmi? Bu karantin kunlari as qotadi

To'g'ri, ilmiy asoslangan ovqatlanish mustahkam sog'liq, yuqori ishchanlik va uzoq umr ko'rishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Taom insonning hayot faoliyati va o'sishi uchun muhim bo'lgan quvvat manbaidir. Organizm uchun muhim ozuqa mahsulotlari 6 ta guruhga bo'linadi: uglevod, oqsil, yog', vitaminlar, mineral elmentlar va suv. To'g'ri ovqatlanish – ushbu mahsulotlarni mos va etarli miqdorda qabul qilish demakdir. Ovqatlanish odamning irsiyati, yoshi, jinsi, jismoniy yuklamasi, yilning iqlimi va fasliga bog'liq bo'ladi. 

SHu aytib o'tish lozimki, hech bir ovqat o'z-o'zidan yaxshi yoki yomon bo'lib qolmaydi. Barcha turdagi ovqat mahsulotlari malum miqdorda ozuqaviy qiymatga egadir. Faqat nima istemol qilayotganimiz emas, balki qancha miqdorda, qachon va qanaqa sharoitda istemol qilayotganimiz ham muhimdir.

Hozirgi kunda to'g'ri ovqatlanishning bir necha qoidalari ishlab chiqilgan.

Ularning asosiylarini quyida keltirib o'tamiz:

1. Taom istemol qilish jarayoniga etibor va masuliyat bilan qarash lozim, ovqatlanayotgan paytda hech qachon ish va muammolar haqida o'ylash kerak emas. 

2. Taomni har kuni kunning malum bir qismida va malum bir vaqtda istemol qilish lozim. CHunki oshqozon shunga ko'nikadi va shu vaqtga kelib shira ajratishni ko'paytiradi. 

3. Taomni yaxshilab chaynab (kamida 15 marta) istemol qilgan maqul. Ovqat og'iz bo'shlig'ida qancha ko'p tursa va chaynalsa, oshqozonda shira shuncha ko'p ajralib chiqadi va ovqat xazm qilish jarayoni shuncha oson kechadi. 

4. Dasturxon atrofiga xorg'in yoki asabiy xolda o'tirish yaramaydi. Ovqat istemol qilishdan 10-15 daqiqa oldin barcha muammolarni unutib, xotirjam xolda ovqat istemol qilishga tayyorlanish lozim. 

5. Istemol qilinayotgan ovqat mahsulotlari turli-tuman bo'lishi kerak, lekin uni meyordan oshirib yubormaslik lozim. SHuni esdan chiqarmaslik lozimki, oshqozon hajmi 350-450 sm3 .

6. Taom bilan choy o'rniga sharbatlar yoki qaynatilagan suv istemol qilish tavsiya etiladi, chunki choy tarkibidagi tanin ovqat tarkibidagi temir moddasini organizmga to'liq so'rilishiga to'sqinlik qilish mumkin. Bundan tashqari ovqat bilan gazli yaxna ichimliklar istemoli ham tavsiya etilmaydi. 

7. Ovqat racionini tuzishda, inson organizmining o'ziga xos xususiyatlari va yashash sharoiti hisobga olinishi kerak. To'rt mahalli ovqatlanish maqsadga muvofiq: kunlik istemolning 25%i nonushta, 35-40% – tushlik, 10-15% – tolma choy va 25% – kechki ovqat bo'lishi kerak. Uyqudan 2-3 soat oldin ovqatlanish kerak, asosiy istemol vaqtlari orasida ovqatlanish mumkin emas. SHarbat, konfet, olma – bular alohida (qo'shimcha) ovqatlanish turi hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing