06 okt 07:45
Yangiliklar
Tojikiston Prezidenti kubogida 5 ta medal qo'lga kiritildi FOTOGALEREYA
Ushbu xalqaro turnirda O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Birinchi kungi bellashuvlarda -66 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Dilshodbek Yo'ldoshev oltin medalga sazovor bo'lgan edi.
Kecha musobaqaning so'nggi kuni hamyurtlarimizdan yana 3 nafari shohsupaga ko'tarildi. -90 kg vazndagi istedodli dzyudochimiz SHermuhammad Jandreev finalda tojik dzyudosining afsonasi Kamronshoh Ustapiriyonga yutqazib, kumush medalga ega chiqdi. SHu vazndagi yana bir vakilimiz Doston Meyliev bronza medali bilan kifoyalandi. +90 kg vaznda kurashgan Bekmurod Oltiboev va SHohruhxon Baxtiyorov esa terma jamoamizga bronza medallarini taqdim etishdi.
SHu tariqa, Kamol Muradov murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi Tojikiston Prezidenti Kubogida 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Fikrlar