18 fev 13:18
Yangiliklar
Tokio-2020
Tokio-2020: Hissiyotlar ila birlashgan
Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarining tashkiliy qo'mitasi bo'lajak musobaqaning rasmiy shiorini elon qildi.
Unga ko'ra, “United by emotion”, yani “Hissiyotlar ila birlashgan” so'zlari musobaqaning rasmiy shioriga aylanadi.
“Tez orada butun dunyodan tashrif buyuradigan odamlar musobaqa haqida o'z taassurotlarini o'rtoqlashadigan fursat etib kelmoqda. Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi esa Olimpiya o'yinlarning muvaffaqiyatli o'tishini istagan holda shunday shiorni tanladi”, – deydi tashkiliy qo'mita vakillari.
SHior haqida ishlangan rolikda yaponiyalik taniqli tennischi Naomi Osaka ishtirok etgan. Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari shu yilning 24 iyul – 9 avgust, Paralimpiya o'yinlari esa 25 avgust – 6 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar