27 avg 09:06
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
Tokio-2020: Ilk oltinga yaqinmiz. Uchqun Quranboev finalda!
Hozirgina Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarining dzyudo bellashuvlarida yarim finaldan o'rin olgan bir uchrashuv yakunlandi.
-66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan paradzyudochimiz Uchqun Quranboev yarim finalda ukrainalik David Xorovani ippon bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi. Quranboevning Paralimpiya o'yinlarining oltin medali uchun kechadigan bellashuvdagi raqibi ispaniyalik Serxio Banon Ibanes bo'ladi.
-60 kg vazn toifasi bellashuvlaridagi paralimpiyachimiz SHerzod Namozov esa bronza medali yo'lidagi ilk o'tish bahsida jazoirlik Ishak Ouldkudirdan ustun keldi. Birozdan keyin u mo'g'ulistonlik Yadamdorj Suhbaatarga qarshi tatamiga chiqadi. G'olib paradzyudochi bronza medali uchun kurashish huquqini qo'lga kiritadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar