28 mar 08:53
Yangiliklar
Velosport
Tokio-2020 ishtirokchisi qita chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi
Tojikistonda veloshosse bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.
Kecha o'tkazilgan poygalar davomida terma jamoamiz yana bir medalni qo'lga kiritdi.
Erkaklar o'rtasida 24 km masofaga kechgan individual start poygasida Tokio-2020 ishtirokchisi Murodjon Xolmurodov uchinchi natijani qayd etib, bronza medali bilan taqdirlandi. Hamyurtimiz ushbu masofani 29:58.291 daqiqada bosib o'tishga muvaffaq bo'ldi. Oltin medal Qozog'iston vakiliga nasib etgan bo'lsa, yaponiyalik poygachi ikkinchi natijani ko'rsatdi.
Velosport bo'yicha Osiyo chempionati. Erkaklar o'rtasida individual start
1. Evgeniy Fyodorov (Qozog'iston) – 28:45.197
2. Nariyuki Masuda (Yaponiya) – 29:36.745
3. Murodjon Xolmurodov (O'zbekiston) – 29:58.291
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar