17 mar 15:41
Yangiliklar
Tokio-2020
Tokio-2020 licenziatlari tibbiy tekshiruvdan o'tmoqda
Ayni kunlarda Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan sportchilar belgilangan grafik asosida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida (RSTIAM) chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o'tkazilmoqda.
Ular orasida Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchimiz Murodjon Xolmurodov ham tekshiruvdan o'tish uchun MOQ qoshidagi RSTIAMga tashrif buyurdi. Sportchimizni federaciya shifokori Rustem Ablyalimov nazorat qilib bormoqda.
Takidlash joiz, o'tkazilayotgan barcha tibbiy tekshiruv xulosalari ko'ngildagidek chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Murodjon Xolmurodov aprel oyida o'tgan veloshosse bo'yicha Osiyo chempionatidagi natijasi orqali Tokio-2020 ishtirokchisiga aylangan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar