So’nggi yangiliklar

00:43Фирдавс Ҳасанов қирғизистонлик спортчига қарши жанг қилди 0 23:35Авлиёхон Ҳамидов Mangu 3 турнирида жанг қилди 0 22:51Ана холос! Mangu 3 турнирининг марказий жанги бекор бўлди — сабаби маълум 0 22:01Нажмиддин Қосимхожиев ва Марат Мавлонов Рим Гран-присида бронза медалларига эга чиқишди 0 19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0

05 dek 18:14
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio-2020. Marafon va sportcha yurish bahslari Tokioda o'tkazilmaydi

Teglar :  Tokio-2020
Kelasi yil Tokio shahrida o'tkaziladigan yozgi Olimpiya o'yinlarining engil atletika sport turi dasturidan o'rin olgan sportcha yurish va marafon bahslari Tokioda o'tkazilmaydi.

Malum bo'lishicha, mazkur yo'nalishlardagi bellashuvlarga Sapporo shahri mezbonlik qiladi.

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi, Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi va Butunjahon engil atletika federaciyasi vakillari o'zaro kelishgan holda mazkur qarorga kelishdi. Bunga sabab sifatida XOQ Atletlar komissiyasi direktori Kristi Koventri Olimpiada payti katta ehtimolda Tokioda kuchli issiq bo'lishi, bu esa atletlarning sog'lig'i bilan bog'liq salbiy hodisalar yuz berishi mumkinligi keltirilmoqda.

Sapporo Yaponiyaning shimolidagi Xokkaydo orolida, Tokiodan 800 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bo'lajak bahslarga “Sappori Odori Park” bog'i mezbonlik qilishi belgilab qo'yildi. Tabiiyki, yig'ilish mobaynida musobaqa o'tkaziladigan sana va vaqtlarga ham aniqlik kiritib o'tilgan. Unga ko'ra, mazkur bahslar quyidagicha taqvimda o'tkaziladi:

6 avgust, 16:30 – erkaklar o'rtasida sportchi yurish (20 km.);
7 avgust, 05:30 – erkaklar o'rtasida sportchi yurish (50 km.);
7 avgust, 16:30 – ayollar o'rtasida sportchi yurish (20 km.);
8 avgust, 07:00 – ayollar o'rtasida marafon;
9 avgust, 07:00 – erkaklar o'rtasida marafon.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing