19 iyu 08:25
Yangiliklar
Tokio-2020: Og'ir atletikachilarimiz qaysi kunlari ishtirok etishadi?
Ruslan Nurudinovning Riodagi muvaffaqiyatini yoshlarimiz Tokioda davom ettirishini barchamiz niyat qilib qolamiz.
Malumki, terma jamoamiz ushbu sport turida berilgan kvotadan maksimum darajada foydalangan. Tokioda 4 nafar atletimiz (2 erkak va 2 ayol) yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Agar Siz og'ir atletikachilarimizning chiqishiga befarq bo'lmasangiz, marhamat, quyidagi sana va vaqtni alohida belgilab qo'yishingiz mumkin:
25 iyul: Adhamjon Ergashev (-67 kg), soat 15:50;
26 iyul: Muattar Nabieva (-55 kg), soat 15:50;
1 avgust: Kumushxon Fayzullaeva (-76 kg), 15:50;
3 avgust: Akbar Jo'raev (-109 kg), 15:50.
Sportchilarimizning chiqishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.
Etiborlisi, barcha vakillarimiz “A” guruhida medallar uchun kurash olib borishadi. Jamoamiz hozirda Ukrainada o'quv-mashg'ulot yig'inining so'nggi bosqichini olib bormoqda va 20 iyul kuni Yaponiyaga yo'l oladi.
Fikrlar