So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

22 may 08:01
Yangiliklar

Tokio-2020

"Tokio-2020" sport inshootlari + FOTO

Yaponiyada Tokio-2020 Yozgi Olimpiya o'yinlarini o'tkazish uchun qirqtadan ko'proq sport inshootlari tayyorlangan.

Tokio shahri chegarasida 33 ta olimpiya inshootlari joylashgan, ularning 20 tasi Olimpiya qishlog'idan 8 kilometrdan uzoq bo'lmagan masofada joylashgan. “Tokio-2020” sport inshootlarining asosiy qismi ikki – “Meros zonasi” va “Tokio ko'rfazi zonasi” klasterlarida mujassamlashtirilgan.

“Meros zonasi”ga yangi Milliy stadiondan tashqari 10 ta sport inshootlari kiradi. Ularda engil atletika, badminton, boks, dzyudo, karate, ot sporti, zamonaviy beshkurash, stol tennisi, og'ir atletika, gandbol va futbol bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tadi. Bu erda, shuningdek velosiped sporti bo'yicha shosseda poygalar o'tkaziladi. “Meros zonasi”ning deyarli barcha sport obektlari Yaponiya poytaxtida 1964 yilda bo'lib o'tgan Yozgi Olimpiya o'yinlari uchun qurilgan edi. Ular “Tokio-2020” uchun rekonstrukciya qilindi va yangilandi.

“Tokio ko'rfazi zonasi” klasteri sportning 18 turi, shu jumladan kurash, gimnastika, suzish, kamondan otish, tennis, qilichbozlik, voleybol, akademik eshkak eshish, baydarka i kanoeda eshkak eshish musobaqalariga mo'ljallangan inshootlarni qamrab oladi. Ushbu klasterga kiradigan 15 ta sport inshootidan to'qqiztasi maxsus “Tokio-2020” Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari uchun bunyod etilgan.

“Tokio ko'rfazi zonasi”dagi Xarumi orolida Olimpiya qishlog'ining turar joylarida sportchilar yashaydi. “Tokio-2020” Olimpiya o'yinlari tugaganidan keyin Olimpiya qishlog'i zamonaviy turar joy massiviga aylanadi.

“Tokio-2020” Olimpiya o'yinlari dasturidagi futbol o'yinlari Yaponiyaning etti – Tokio, Sapporo, Rifu (Miyagi prefekturasi), Kasima (Ibaraki prefekturasi), Saytama va Yokogama shaharlaridagi stadionlarda bo'lib o'tadi. Miyagi va Ibaraki prefekturalaridagi stadionlarda futbol o'yinlarini o'tkazish “Tokio-2020” Olimpiya o'yinlari 2011 yilda SHarqiy Yaponiyadagi zilzila va cunami bo'lib o'tgan ana shu prefekturalarni ham qamrab olganini namoyish etishi maqsadini ko'zlaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing