So’nggi yangiliklar

10:40Райан Гарсия — Шакур Стивенсонга: "Сен томон келяпман" 0 10:18Месси Испания терма жамоаси сафида ўйнаши мумкин бўлган 0 09:53"Ростини айтаман...". Даниэль Кормье Чимаев ҳақидаги фикри ўзгарганини айтди 0 09:28Бугун "Странжа" чорак финалида 11 нафар боксчимиз рингга кўтарилади (жанглар рўйхати) 0 09:05Александр Волкановски UFC билан янги шартнома имзолади 0 08:39Бугун Ўзбекистон Суперлигасида янги мавсумга старт берилади 0 08:17Prague Masters. Нодирбеклар қўшҳоким, Якуббоев амалдаги тож соҳиби Гукеш билан ўйнади 0 07:52"Странжа-2026". Кеча ўтказилган жангларда 9 та ғалаба ва 3 та мағлубият қайд этилди 0 07:30OTP Group Tashkent Grand Slam 2026. Мусобақанинг илк куни 20 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 07:06"Реал" шов-шувли трансфер тайёрламоқда 0 18:28"Мени фалаж қилиб қўйиши мумкин эди". Оливейра фаолиятини якунлаши мумкин бўлган жангни эслади 0 18:05"Царукян аллақачон чемпионлик имкониятига лойиқ эди" - Хамзат Чимаев 0 17:40Гарсия ғалабадан сўнг ижтимоий тармоқдаги машҳурлик бўйича Фьюри ва Усикни ортда қолдирди 0 17:17Инфантино Мексикадаги воқеликлар бўйича изоҳ берди 0 16:39Ярим оғир вазн жангчиси Чимаевга ўз вазнида қолишни тавсия берди 0

01 avg 16:14
Yangiliklar

Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari, Qiziqarli!

Tokio Olimpiadasiga bir yil qoldi. Rekord binolar va mablag'lar. Yaponiya poytaxti musobaqaga qanday tayyorlanmoqda? + FOTO

Teglar :  Tokio-2020
Tokio Olimpiadasi keyingi yilning 24 iyul kuni boshlanadi.

Musobaqalar jami 42 ta inshootda tashkil etiladi. Bazilari yangi, bazilar esa Olimpiada-64 da foydalanilgan binolardir.


Tokio-64 ga hurmat hamda kelajak binolari

Tokio Olimpiadasida rekord miqdorda - 42 ta binolardan foydalaniladi. Ko'p arenalar bir-biriga yaqin joylashgan, bu esa muxlislar hamda sportchilarga yaxshigina qulaylik tug'diradi.



Olimpiya o'yinlari - 2020 kelajakka yo'l: robotlar, boshqaruvsiz transport, suniy yomg'irlar

Olimpiya shaharchasi ikki qismiga bo'lingan: birinchisi - ananaviy hudud, ikkinchisi - zamonaviy hudud. Birinchi hududda Olimpiada-64 musobaqasidan qolgan binolar hamda arenalar joylashgan bo'lsa, ikkinchi qismda zamonaviy arenalarni ko'rishingiz mumkin. Ikki hududning birlashishidan esa o'tmish hamda kelajak ramzini keltirib chiqarish mumkin.

Musobaqalardagi 42 ta binodan 24 tasi eski, 8 tasi yangi binolar, qolgan 10 tasi esa vaqtinchalik arenalar hisoblanadi. Olimpiada yakunlangandan so'ng ko'plab binolar tashlandiq bo'lib qolmasligiga XOQ qattiq umid qilmoqda. Sababi Rio-2016 dan so'ng ko'plab inshootlar keraksiz bo'lib qolgani mahalliy aholiga yoqmagan hamda ko'chalarda hukumatga qarshi akciyalar o'tkazgandi.

Bir necha hafta avval Tokio aholisi ham Olimpiya o'yinlarining moliyaviy budjeti katta bo'lib ketayotgani uchun norozilik akciyasini o'tkazgandi. Dastlab, umumiy hisobda Olimpiadaga 7 milliard dollar mablag' ajratilgandi, keyinchalik bu summa 12,6 milliarddan 20 milliardga ortib ketdi. Lekin, Yaponiya bu mablag'ni chiqarib olishi mumkin. CHunki mamlakatning turistik salohiyati juda yuqori hisoblanadi.


Eski stadioni buzib tashlashdi, yangisi bilan muammo chiqdi

Tokio aholisining noroziligiga yana bir sabab - asosiy maydonning qurilishi bo'ldi. Sababi, Olimpiada-1964da qurilgan stadioni buzib tashlab, uning o'rniga yangisini qurishmoqda. 

Markaziy stadioning dastlabki loyihasi ingliz arxitektori Zaxa Xadid tomonidan ishlangandi, lekin stadion qurilishiga 2 milliard dollar kerakligi sababli bu loyihadan voz kechildi. Uning o'rniga mahalliy arxitektor Kengo Kuma tomonidan ishlab chiqilgan stadionni qurishni afzal ko'rishdi. Milliy stadion (rasmiy nomi) Olimpiya o'yinlarining ochilish hamda yopilish marosimi, shuningdek, engil atletika musobaqalari va futbolning final bahsi o'tkaziladi. 

Stadion 68 ming muxlisga mo'ljallangan, lekin engil atletika musobaqasida arenaning sig'imi kattalashadi.



Yana boshqa qiziqarli inshootlar bormi?

"Nippon Budokan"


Qaysi sport turlari o'tkaziladi: dzyudo, karate

Qachon qurilgan: 1964 yil



"Regoku Kokugikan"

Qaysi sport turlari o'tkaziladi: boks

Qachon qurilgan: 1985 yil


"Imperator saroyi"
Qaysi sport turlari o'tkaziladi: marafon

Qachon qurilgan: 1457 yil


"Tokio xalqaro forumlar saroyi"


Qaysi sport turlari o'tkaziladi: og'ir atletika

Qachon qurilgan: 1966 yil


"Tokio sport saroyi"

Qaysi sport turlari o'tkaziladi: stol tennis

Qachon qurilgan: 1954 yil


"Tasumi nomidagi xalqaro suzish arenasi"Qaysi sport turlari o'tkaziladi: suv polosi

Qachon qurilgan: 1993 yil


"Ariake" kolizeyi

Qaysi sport turlari o'tkaziladi: Tennis

Qachon qurilgan: 1987 yil


"Ariake" arenasiQaysi sport turlari o'tkaziladi: voleybol

Qachon qurilgan: 2020 yilda foydalanishga topshiriladi


"Olimpiya markaziy suzish havzasi"Qaysi sport turlari o'tkaziladi: suv sport turlari

Qachon qurilgan: 2020 yilda foydalanishga topshiriladi


"Fudzi Spidvey"Qaysi sport turlari o'tkaziladi: veloshosse

Qachon qurilgan: 1965


"Saytama-2002"

Qaysi sport turlari o'tkaziladi: futbol

Qachon qurilgan: 2001


Xalqaro ko'rgazma markazi

Qaysi sport turlari o'tkaziladi: matbuot markazi

Qachon qurilgan: 1996


Xorijiy saytlar asosida Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing