30 avg 12:13
Yangiliklar
Boks/MMA
"Tolibon" hukumati Afg'onistonda MMAni taqiqlab qo'ydi
Afg'onistonda boshqaruv hukumatini o'z qo'liga olgan "Tolibon" guruhi mamlakatda MMA, yani aralash yakkakurashni sport turi sifatida taqiqladi.
Xabarda aytilishicha, bunday qarorga kelinishiga MMAning islom shariati va qoidalariga zid ekani sabab bo'lgan.
"Ushbu sport turi ko'p jihatdan muammoli bo'lib, birinchi galda islom arkonlari va shariatiga to'g'ri kelmaydi. Inson salomatligi uchun juda ham xavfli, hatto o'lim bilan yakunlanishi mumkin. Aynan shu saab bilan Afg'onistonda aralash yakkakurash jang sanatlarini taqiqlashga qaror qilindi", — deyiladi hukumatning sport boshqaruvi bayonotida.
Malumot uchun, asli kelib chiqishi afg'onistonlik bo'lgan Nasrat Haqparast UFC promoushenida muvaffaqiyatli tarzda o'z janglarini o'tkazib kelyapti. U Germaniya sharafini himoya qiladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar