So’nggi yangiliklar

19:00Жейк Пол: "Биз Хабибни нафақадан қайтаришимиз керак" 0 18:37Авазбек Холмирзаев япониялик жангчини нокаутга учратиб, ONE Championship тарихидаги илк ўзбекистонлик чемпионга айланди! (ВИДЕО) 0 18:16Садулаев тез орада RAF лигасида дебют қилади 0 17:55ФИФАдан инқилобий таклиф: Клубларга таркибда камида бир нафар ёш футболчини ўйнатиш мажбурияти қўйилиши мумкин 0 17:34Ботир Раҳимов иштирокида ўзбек теннисининг бугунги куни танқидий руҳда муҳокама қилинди 0 17:13Аҳмадалиевнинг вазнидаги боксчимиз Муҳаммад Шехов камар учун саралаш жанги ўтказади + ПОСТЕР 0 16:52W100 Wiesbaden. Тимофеевада стартдаёқ "сенсация" 0 16:31"Бавария"дан антирекорд: Мюнхенликлар 1995 йилдан бери илк бор Еврокубокларда ўз дарвозасидан 5 та гол олиб чиқди 0 16:10Царукян UFC унга Оқ уйдаги турнир учун жанг таклиф қилганини айтди 0 15:49Синдаров ва Абдусатторов Тошкентдаги нуфузли турнирда иштирок этади 0 15:28Арман Царукян йиллик даромадини очиқлади 0 15:07Ашраф Хакими ПСЖ - "Бавария" ўйинига 4 та сўз билан изоҳ берди 0 14:46Абдуқодир Ҳусанов "Олимпия шаҳарчаси"га борди 0 14:25Порье UFC енгил вазн тарихидаги энг зўр беш жангчини айтди. Макгрегор ва Оливейра бу рўйхатга кирмади 0 14:04Арман Царукян: "Хабиб фаолиятини тугатган, аммо унинг қариндоши билан жанг қиламан" 0

29 sen 07:41
Yangiliklar

Tokio-2020

Tomas Bax jahon hamjamiyatiga murojaat qildi

Teglar :  Tomas BaxXOQ
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax butun dunyoda yuzaga kelgan vaziyat, sport tadbirlarining o'tkazila boshlagani, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining o'tkazilishi borasida murojaat qildi.

Unda shunday deyiladi:

Aprel oyida “Olimpizm va koronavirus”ga taalluqli bo'lgan ilk xabarimizdan so'ng, butun jamiyatning salomatligi va ijtimoiy-iqtisodiy tasiriga oid ushbu maktubimiz muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni damda esa sport ko'plab mamlakatlarda davom etayotgan pandemiyaga qarshi kurashning muhim omili sifatida tan olinganini ko'rishimiz mumkin.

Bundan tashqari, sport boshqa mamlakatlarda amalga oshirilayotgan inqirozni tiklash echimining ajralmas qismi hisoblanadi. Quvonarlisi, biz yana sport tadbirlarini ko'ryapmiz. Nafaqat sportchilar va sport tashkilotlari, balki umuman jamoatchilik ham hayotimizning ajralmas qismi sifatida sportning qaytishini kutayotgani ijobiy holat. Sport tadbirlari, hattoki davom etayotgan cheklovlar bilan ham xavfsiz tarzda tashkil etilishi mumkinligini ko'rdik. Bu kelajakdagi tadbirlarga, shu jumladan, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarligimizga ishonchimizni kuchaytirishi kerak. Sport jamoatchiligini qo'llab-quvvatlashga harakat qilganlarga va shu sohasidagi barchaning salomatligini taminlab, sport tadbirlarini o'tkazish uchun katta masuliyat va ijodkorlik bilan yondashayotgan barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Dastlabki muvaffaqiyatlarga tayanib, amaldagi ko'plab cheklovlar engillashtirilishini kutyapmiz. Ammo sport tadbirlarini rejalashtirish haqida gap ketganda, masuliyat bilan harakat qilishda davom etishimiz lozim. Virus hali mag'lub etilmadi. Biz unga qarshi kurashish va inqirozdan chiqish muammosini hal qilishning bir qismi bo'lishimiz kerak.

Rejalashtirishda biz hali ham nafaqat manfaatdor tomonlar, balki butun sport jamoatchiligining hayotiga ham katta masuliyat bilan qaraymiz. Tajribamizdan bilamizki, birortamizga tasir qiladigan har qanday baxtsiz hodisa barchamizga taalluqli bo'ladi va bu so'nggi bir necha oy ichida erishgan ulkan yutuqlarni bekor qilishi mumkin.


SHu munosabat bilan biz sport tadbirlarini xavfsiz tashkil etish uchun innovacion sinov usullari salohiyatini kuzatyapmiz. Mavjud tekshiruv usullaridan tashqari, ushbu davrda ishlab chiqilayotgan bir qator ekspress-testlar ham bor. Testlar bilan bog'liq ushbu xushxabarga qo'shimcha ravishda yaqin bir necha oy ichida, ehtimol, hatto shu yilning oxirigacha tasdiqlangan vakcinalar to'g'risida ijobiy xabarlar ham bor.

Vakcinalarni sinovdan o'tkazish va ishlab chiqishdagi yutuqlar sport tadbirlarini xavfsiz tashkil etishda katta yordam beradi. Tadbirlarimizni rejalashtirish haqida gap ketganda, barchamiz ushbu yangi vositalarning paydo bo'lish vaqtini hisobga olishimiz kerak. SHunday qilib, XOQ tomonidan rejalashtirilgan turli xil scenariylarga muvofiq biz test va vakcinalar imkoniyatlaridan to'liq foydalanish yo'lini qo'shdik. Bir tomondan, so'nggi haftalar vakcinasiz ham katta sport tadbirlarini xavfsiz tarzda tashkil etishimiz mumkinligini ko'rsatdi. Boshqa tomondan, biz hatto testlar va vakcinalar ham bizning barcha muammolarni hal qiladigan jihat emasligini anglashimiz kerak. Biz hali hech qanday potencial vakcinaning to'liq tasirini bilmaymiz. Ammo umuman olganda, ehtiyotkor optimizm uchun sabablar bor.

XOQ yangi ishlanmalarni diqqat bilan o'rganishda davom etadi. SHuningdek, biz ularning sport tadbirlarini tashkil qilishdagi tasirini, tegishli tashkilotlarning ayrim qoidalarini tibbiy, iqtisodiy, ijtimoiy va moddiy-texnik jihatlarga o'zgartirish zarurligini baholaymiz. SHu maqsadda biz Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti, davlat idoralari, tibbiyot va ilmiy mutaxassislar, farmacevtika kompaniyalari bilan yaqin hamkorlikni davom ettiryapmiz. SHuningdek, yaqinda musobaqalarni muvaffaqiyatli o'tkazgan sport tashkilotlari tajribasidan foydalanamiz. Biz, albatta, har qanday malumotni barchangiz bilan baham ko'ramiz, shunda Olimpiya harakatidagi barcha faqat foyda ko'rishi mumkin.

So'nggi oylarda biz haqiqatan ham #StrongerTogether (birgalikda kuchliroq) bo'la olishimizni namoyish etdik. Ushbu birdamlik ruhida biz virus tarqalishining oldini olish va inqirozdan chiqish uchun o'z hissamizni qo'shishimiz kerak. Sport orqali dunyoni umid va ishonch bilan ilhomlantirish bo'yicha birgalikdagi say-harakatlarimizdagi doimiy hamkorligingiz uchun sizga oldindan minnatdorchilik bildirmoqchiman.

XOQ prezidenti, qilichbozlik bo'yicha Olimpiya o'yinlari chempioni Tomas Bax.
Lozanna, SHveycariya

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing