12 apr 20:26
Yangiliklar
Tomas Baxning Yaponiya safari koronavirus sabab bekor bo'ldi
Biroq COVID-19 pandemiyasining keng tarqalishi sabab ushbu safar bekor qilindi.
Bax safari davomida kelasi yilgi qoldirilgan Tokio Olimpiadasi bilan bog'liq bir qator rasmiy uchrashuv va tadbirlarda ishtirok etishi lozim edi. Jumladan, 1945 yil atom bombasidan zarar ko'rgan Xirosima shahridan olib o'tishi rejalashtirilgan Olimpiya mashalasi bunga misol.
Takidlash joiz, Yaponiya hukumati so'nggi 14 kun ichida Evropaning har qanday mamlakatida bo'lgan insonga mamlakatga kirishni taqiqlovchi qaror chiqargan. Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe o'tgan haftadan boshlab mamlakatning Tokio va yana 6 prefekturada favqulodda holat elon qilgan edi.
Kunchiqar yurt poytaxtida 1700 nafar inson koronavirusga chalingan bo'lib, bu ko'rsatkich Yaponiyaning barcha hududlari orasida eng yuqori ko'rsatkich bo'lib turibdi.
Fikrlar