12 may 13:26
Yangiliklar
Dzyudo
“Tongni kulib qarshi ol” spektakli premerasi bo'lib o'tdi + FOTOGALEREYA
Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik musiqali drama teatrida Olimpiya o'yinlari chempioni Diyora Keldiyorovaning shonli g'alabasi tarixiga bag'ishlangan “Tongni kulib qarshi ol” (“Yalovbardor”) spektaklining premerasi o'tkazildi.
Premera tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Spektaklning mazmuni, sahna echimlari va sportchi matonatini aks ettirgan lavhalar muxlislarda katta taassurot qoldirdi.
Spektakl yakunida Sport vaziri o'rinbosari SHaxrillo Mahmudov so'zga chiqib, mazmunli sahna asari uchun teatr ijodkorlariga tashakkur bildirdi.
SHuningdek, Olimpiya o'yinlari chempioni Diyora Keldiyorova o'z so'zida premera uchun ijodkorlarga chuqur minnatdorlik bildirib, Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda yosh sportchilarga yaratilgan sharoitlar sababli yana ko'plab chempionlar etishib chiqishiga ishonch bildirdi.





































Havola :
Fikrlar