04 apr 13:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Toni 18 aprel kuni kimga qarshi jang qiladi? Konor o'yindan chiqdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFS chempioni Konor Makgregor 18 aprel kuni jang qilmaydi.
Bu haqida uning murabbiyi Jon Kavana malum qildi.
«Bu holat hech qanaqasiga sodir bo'lmaydi. Hozir Konor to'liq karantin holatida va biz u bilan uchrashmayapmiz. Biz mashg'ulot ham olib bormay qo'yganimizga ancha bo'lgan. Sababi barcha mashg'ulot zallari yopib qo'yilgan»,-dedi Kavana.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Xabib Nurmagomedov Rossiyadan chiqib keta olmagani sababli Toni Fergyusonga qarshi jangi bekor bo'lgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar