03 jan 15:21
Yangiliklar
Toni "El-Kukuy" Fergyuson navbatdagi jangi haqida xabar berdi
Amerikalik 40 yoshli "El-Kukuy" 2025 yilda ham professional faoliyatini davom ettirishini malum qildi. U navbatdagi jangi uchun raqibini bilishini ham aytdi.
"Men artist sifatida shu paytgacha ko'rsatmagan xunarimni namoyish etmoqchiman. 2025 yil uchun rejalarim bisyor. Yangi missiya tasdiqlandi. Yangiliklarni kuzatib boring - tez kunda jangim rasman elon qilinadi. Hozircha raqibimning ism-sharifini ayta olmayman", - dedi "El-Kukuy".
Malumot uchun, Toni Fergyuson o'tgan yilning avgust oyida ketma-ket sakkizinchi mag'lubiyatini qabul qilib olgandi. U Abu-Dabida o'tgan UFC on ABC 7 turnirida hamyurti Maykl Kezaga imkoniyatni boy bergan edi. Maykl nomdor raqibini birinchi raundning o'zida bo'g'ib qo'ygandi.
O'sha jangdan keyin UFC rahbari Dana Uayt Toni Fergyusonni nafaqaga chiqishga chaqirgandi. Lekin engil vaznda sobiq vaqtinchalik UFC kamari sohibi hamon promoushen rosterida turibdi.
Fikrlar