02 mar 06:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Toni Fergyuson dos Anosga qarshi jangni qabul qilgani haqida gapirdi
Amerikalik Toni Fergyuson dos Anos bilan jang qilish taklifiga rozi bo'lgani to'g'risida fikr bildirdi.
Engil vazn toifasida UFC'ning ettinchi raqamli jangchisi Toni Fergyuson Rafael Fizievning COVID-19 testi ijobiy natijasi tufayli raqibsiz qolgan Rafael dos Anosga qarshi jang o'tkazish taklifini qisqa muddat ichida qabul qilganini davo qilmoqda.
"Bizga qisqa muddat ichida UFC 272 turnirida Rafael dos Anosga qarshi jang o'tkazishni taklif qilishdi va biz jangni saqlab qolishga tayyormiz", — deb yozdi Fergyuson Twitter'dagi sahifasida.
"Biz o'tgan dam olish kunlari Islam Maxachevni ham mag'lub etishga tayyor edik, ammo hech kim bizga qo'ng'iroq qilmadi", - deya qo'shimcha qildi amerikalik.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar