07 iyu 17:25
Yangiliklar

Topuriya qaysi sportchiga o'xshashni istashini aytdi. Bu Ronaldu emas
UFC chempioni Iliya Topuriya qaysi yulduz sportchiga o'xshashni xohlashini aytdi.
Unga ko'ra, bu futbolchi Krishtianu Ronaldu emas, balki Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi ekan.
"Men Messiga o'xshashni xohlayman. U faqatgina afsona emas, balki ajoyib inson ham. Uning do'stonaligi, hotirjamligi meni doimo qoyil qoldiradi. Men doimo uning izidan borishga harakat qilaman, qandaydir yangilik o'ylab topishim shart emas. U dunyoda eng yaxshisi bo'lgan, odamlarni hayratga solgan, ilhom bag'ishlagan, motivaciya bergan.
Men hayotimda ikki inson bilan uchrashishni orzu qilganman. Ularning biri — Messi, u bilan uchrashganman. Ikkinchisi — Maykl Jordan", — dedi Topuriya AS nashriga.
Havola :
Manba : AS
Fikrlar