So’nggi yangiliklar

19:56Сафонов, Батраков , Захарян, Головин, Миранчук... Россия терма жамоаси Ўзбекистон билан ўйин учун қайдномасини маълум қилди 0 19:20Разамбек Жамалов тизза жароҳати сабаб Жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади 0 18:36Формула-1. Андреа Кими Антонелли— АҚШ Гран-приси ғолиби! 0 18:13Ёпиқ иншоотлар ва жанг санъатлари Осиё ўйинлари бу йил ўтказилмайди 0 17:28Ислам Махачев Пратес–Моралес жанги ҳақида фикр билдирди 0 16:40Осиё Кубоги-2027: Ўзбекистон МТЖ ўйинлари вақти маълум 0 15:47UFC 333: Рамазон Темиров Абу-Дабидаги жанги орқали қанча гонорар ишлаб олди? 0 15:06Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 14:31Брэндон Ройвал Рамазон Темировнинг мағлубиятига кескин муносабат билдирди 0 12:53Моуриньо "Реал"га "Барселона"ни мағлуб этишга ёрдам берган энг муҳим қарорни маълум қилди 0 12:17U19 жаҳон чемпионатида олти нафар боксчимиз финалга чиқди 0 11:26Мария Тимофеева «Guangzhou Open»ни ғалаба билан бошлади 0 10:36Маҳмуд Мурадов ва Муроджон Аҳмадалиев Рамазон Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди 0 09:45Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" Ироқда, "Нефтчи" Фарғонада ўйнайди 0 08:37Алишер Ғаниев Жаҳон чемпионатида бронза медалига сазовор бўлди 0

11 sen 17:34
Yangiliklar

Boks/MMA

Topuriya va Pimblett UFC raqamli turnirining markaziy jangini o'tkazishi mumkin

Iliya Topuriya va Peddi Pimblett o'rtasidagi potencial jang chempionlik maqomiga ega bo'lmasa ham, UFC raqamli turnirining markaziy jangi (main event) bo'lish uchun etarlicha nufuzga ega, deb hisoblaydi dunyoning eng kuchli ligasi rahbari Dana Uayt.

"Mening javobim – ha! Bu juda katta jang. Hamma mendan "keyin nima bo'ladi?" deb so'rayapti. SHuni aytishim mumkinki: bu yoqimli muammo. Jastin Getji yoki Peddi Pimblett? Ulardan qaysi biri Topuriyaga raqib bo'lmasin, biz baribir yutamiz", – dedi tashkilot rahbari UFC on Paramount muxbirining savoliga javob berar ekan.

UFC`ning engil vazn toifasidagi amaldagi chempioni Jastin Getji joriy yilda oktagonga qaytmasligi aniq ekanligi va u tez-tez faoliyatini yakunlash haqida gapirayotganini hisobga olsak, Iliya Topuriya va Peddi Pimblett o'rtasidagi jang eng ehtimoliy variant bo'lib ko'rinmoqda. Ayniqsa, Dana Uayt so'nggi bir necha kun ichida bu imkoniyatni ikki marta tilga oldi.

O'tgan hafta Topuriya Getjiga qarshi birlashtiruvchi jangdagi mag'lubiyatidan so'ng saqlab kelgan deyarli uch oylik sukunatni buzdi va oktagonga qaytish niyatida ekanligini malum qildi. UFC prezidenti esa uning jamoasi "El Matador" bilan muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi.

Ayni damda tashkilot o'zining raqamli shoulari uchun chempionlik janglarini topishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda, shu bois britaniyalik va ispan-gruzin jangchilari o'rtasidagi to'qnashuv Nyu-Yorkdagi noyabr oyida bo'lib o'tadigan UFC 334 yoki Las-Vegasdagi dekabr oyidagi UFC 335 turnirining markaziy jangi bo'lishi ehtimoli yuqori.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing